20:16 / 18.02.2017
18097

Tramp qarorgohi yaqinida noma'lum samolyot payqaldi

AQSh prezidenti Donald Trampning Floridadagi  qarorgohi yaqinida so‘rovlarga javob bermagan samolyot uchib o‘tgandan keyin ikkita F-15 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.    

Ta'kidlanishicha, qiruvchi samolyotlar tovush tezligidan yuqoriroq tezlikda Xomsted shahridagi bazadan samolyotni ushlash uchun uchgan.

Shimoliy Amerika harbiy-koinot mudofaasi (NORAD) qo‘mondonligida ikkita qiruvchi samolyot noma'lum samolyot uchuvchilari bilan bog‘lana olganlari ma'lum qilingan.

Voqea 17 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan 18 fevral soat 05:00 da)  yuz bergan 

Mavzuga oid
Top