11:18 / 18.02.2017
6158

Unilever kompaniyasi Kraft Heinz bilan birlashishdan bosh tortdi

AQShning oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi Kraft Heinz kompaniyasi Unilever britan-golland kompaniyasiga kompaniyalarni birlashtirish bo‘yicha bitimni taklif qilganini tasdiqladi. Heinz’ning ma'lum qilishicha, oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Unilever bu taklifni rad etgan, biroq AQSh kompaniyasi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Kraft Heinz kompaniyasi Unilever’ga bir aksiyasi uchun 50 dollar taklif qilgan. Shu tariqa Unilever 143 mlrd dollarga baholangan.

"Unilever kompaniya aksiyadorlari uchun bu birlashishdan moliyaviy yoki strategik ustunliklarni ko‘rmagani uchun taklifni rad etdi. Kompaniya bu bitimni kelgusida muhokama qilishga asos ko‘rmayapti", deb aytilgan Unilever’da. Kompaniyada aytilishicha, "xaridor" kompaniyani "anchagina past baholagan".

Bu ikki kompaniyaning birlashishi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘lishi mumkin edi. Kraft Heinz kapitallashuvi 102 mlrd dollarni, Unilever’niki 120 mlrd dollarni tashkil qiladi. Kraft Heinz 200 ta davlatda faoliyat olib boradi. Hozirda bu kompaniyaga 200 ga yaqin brend, jumladan Jacobs, Maxwell House va Carte Noire qahvalari, Alpen Gold, Cadbury, Milka va Toblerone shokoladlari, Heinz’ning ketchup va bolalar oziqalari kiradi. Unilever esa 100 tadan ko‘proq davlatda ishlaydi hamda Knorr, Hellmann's, Lipton, Dove, Cif va Domestos kabi brendlarga ega.

Mavzuga oid
Top