09:01 / 19.02.2017
12321

Biatlon bo‘yicha jahon chempionatida rossiyaliklar bilan navbatdagi tushunmovchilik yuz berdi

Foto: Twitter/Olympic_Russia

Biatlon bo‘yicha Xoxfiltsenda o‘tayotgan jahon chempionatida estafeta bahsida oltin medalni qo‘lga kiritgan Rossiya terma jamoasini taqdirlash marosimida xatolik tufayli Rossiyaning hozirgi madhiyasi o‘rniga 1990-2001 yillarda madhiya sifatida qo‘llangan, Glinkaning "Vatanparvarlik qo‘shig‘i" qo‘yib yuborildi.     

Biroq marosimda bo‘lgan rossiyalik muxlislar to‘g‘ri madhiyani kuylash boshlashdi va ularga sharhlovchi Dmitriy Guberniyev ham jo‘r bo‘ldi.

Ushbu hodisa texnik yanglishuv deb e'lon qilindi, marosim boshlovchisi ushbu xatolik uchun uzr so‘ragach, Rossiyaning hozirgi madhiyasi yangray boshladi.   

18 fevralda Rossiya erkaklar terma jamoasi estafetada oltin medalni qo‘lga kiritdi va bu rossiyalik erkak biatlonchilarning 2008 yildan beri jahon chempionatlaridagi estafetalarda qo‘lga kiritgan birinchi oltinlari bo‘ldi.   

Ta'kidlash joizki, oxirgi vaqt sport musobaqalarida Rossiya madhiyasi bilan bog‘liq shunday xatoliklar ko‘plab uchramoqda. 

Top