19:49 / 19.02.2017
19882

Eron «baxtsizliklar qutisi» ochilib ketishidan ogohlantirdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning ma'lum qilishicha, yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadidagi muzokaralar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda NBC xabarida aytilgan.

«Bu ko‘p tomonlama kelishuv, ko‘p tomonlama kelishuv esa muhokama qilinmasligi kerak, yo‘qsa, bunday muzokaralar «Pandora qutisi» (Pandora haqidagi qadimgi grek afsonasida baxtsizliklar qutisi - tahr.) ochilib ketishiga sabab bo‘ladi», — degan u.

U shuningdek, Eron rahbariyati AQShning yangi ma'muriyati bilan ziddiyatga kirishmoqchi emasligini, aql va mulohazakorlik tantana qilishiga ishonishini qayd etgan.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning o‘rinbosari Sergey Ryabkov ham Eronning yadroviy dasturi haqidagi kelishuvni qaytadan ko‘rib chiqishga urinish «Pandora qutisi»ning ochilishiga sabab bo‘lishi haqida gapirgandi.

Top