11:29 / 19.02.2017
76756

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Jambul viloyatida qor ko‘chkilari oqibatida insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Maktubda davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

17 fevral kuni Qozog‘iston janubida, Jambul viloyatining Ko‘ksoy darasida 91678-harbiy qism xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi bo‘yicha rejali harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan hududda qor ko‘chkisi yuz berdi va 7 harbiy halok bo‘ldi, 16 kishi qutqarildi.

Top