22:56 / 19.02.2017
6929

Zimbabve prezidenti 6-marotaba prezidentlik muddatiga borishining sababini tushuntirdi

Foto: Reuters

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe uning partiyasi va xalqi 2018 yildagi prezident saylovlarida ishtirok eta oladigan unga munosib voris ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Ular men saylovlarda ishtirok etishimni istamoqdalar, barcha partiyalar buni istamoqdalar", deb aytdi Mugabe.

Mugabe "Zimbabvening aksariyat aholisi meni qabul qiladigandek voris yo‘qligini his qilmoqda", deb aytdi. 

21 fevralda Mugabe 93 yoshga to‘ladi. U 1987 yil 31 dekabrda Zimbabve prezidenti bo‘lib saylangan va o‘shandan beri bu lavozimda 6 yildan 5 ta muddatni o‘tkazgan.  

2016 yilda Zimbabvening yetakchi partiyasi 2018 yilgi prezidentlik saylovlariga Mugabe nomzodini qo‘ydi. Bu vaqtga kelib Mugabe 94 yoshda bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top