23:50 / 20.02.2017
8771

Antiqa "Yashil ayvoncha"

Daniyaning dizayn laboratoriyasi IKEA ko‘magida barcha bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan vertikal bog‘ chizmasini taqdim etdi.

 The Growroom loyihasi Daniyaning Space10 dizayn laboratoriyasi IKEA ko‘magida tayyorlandi va bu ish "shahar qishloq xo‘jaligining mislsiz salohiyati"ni tadqiq qilish natijasiga aylandi. 

Bog‘ dizayni unda joylashgan barcha o‘simliklarni optimal yoritish imkonini beradi. U oddiy fanera va vintlardan to‘plangan. Bu antiqa bog‘dan bezak qism sifatida yoki bino ichidagi o‘ziga xos "suhbatxona" o‘rnida ham foydalanish  mumkin.

The Growroom original dizayn ixtirochilari qayd etishicha, bu turdagi eng birinchi pavilon omma orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ayrimlar ulardan mazkur dizaynni sotishni so‘rashgan. Biroq ular The Growroom binosini barcha o‘z qo‘li bilan qurishi uchun loyiha ko‘rsatmalarini ochiq holda barchaga taqdim etishga qaror qilishdi.

Top