08:42 / 20.02.2017
8207

Eron Rossiya bilan Yaqin Sharqda strategik ittifoq tashkil qilmoqchi

Eron majlisi raisi Ali Larijani uning mamlakati Yaqin Sharq mintaqasida Rossiya bilan strategik ittifoq yaratmoqchi ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.       

Uning aytishicha, Rossiya va Eron o‘rtasida ziddiyatlar yo‘q. 

"Bizda Suriyadagi vaziyatga hozirda va kelajakda o‘xshash yondashuv mavjud", deb aytdi Larijani.

Larijanining aytishicha, ikki davlat Suriyada kelishuvga erishgan hamda terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. Larijanining aytishicha, Eron va Rossiya "mintaqada strategik ittifoq yaratishga qarab ketmoqdalar". 

Top