23:32 / 20.02.2017
20976

Insonlarning iqlim o‘zgarishiga ta'siri tabiat kuchlaridan 170 karra ko‘pligi aniqlandi

Olimlarning ma'lum qilishicha, Yer yuzida yashovchi insonlar tufayli sodir bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari ming yillar davomida ro‘y bergan tabiat hodisalarini ortda qoldiradi. Ular insonlarning iqlimga ta'sirini tasdiqlovchi raqamlarni keltirishadi. The Anthropocene Review jurnalida shu mavzudagi maqola taqdim etildi. 

Olimlar odamlarning iqlimga ta'sirini o‘rganishga yordam beruvchi matematik tenglama ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, so‘nggi 7000 yilda global harorat har yuz yilda o‘rtacha 0,01 darajaga kamaygan. Biroq so‘nggi 45 yil ichida harorat o‘rtacha 1,7 darajaga ko‘tarilgan, bunga esa issiqxona gazlari chiqindilari sabab bo‘lgan. 

Manbaga ko‘ra, olimlar buni o‘tgan milliard yillar davomida Yer iqlimi sayyoraning astronomik va geofizik kuchlari, shuningdek ichki dinamikasiga bog‘liq bo‘lgani bilan izohlashadi. Bu omillarning Yerdagi iqlimga ta'sirini  insonning faolligi bilan taqqoslanganda ancha past. Iqlimning inson omili natijasida o‘zgarishi uning tabiiy kuchlar ostida o‘zgarishidan 170 karra yuqori bo‘lib chiqdi.  

Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, "isonning iqlimga ta'siri shunchaki o‘zgarishdan ko‘ra ko‘proq meteorit zarbasiga" o‘xshar ekan. 

Top