23:22 / 20.02.2017
31725

Qozog‘iston Atamboyevning so‘zlariga tushuntirish berilishini kutib qolmoqda

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistondan mamlakat prezidenti Almazbek Atamboyevning Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytgan so‘zlariga tushuntirish berishni talab qilmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz axborot agentligi xabar bermoqda.

Gap Atamboyevning Qozog‘istonni 2010 yilda odamlar halok bo‘lishida ayblagan so‘zlari haqida ketmoqda.
 
"Biz bu gaplarni e'tiborga oldik. Biz ayni vaqtda qirg‘iz tomondan tushuntirish kutib qolayotganimizni ayta olamiz. Hozircha bor ma'lumot shu. Yangi ma'lumot paydo bo‘lishi bilan bu haqda xabar beramiz", deb aytildi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatida. 

Avvalroq Atamboyev Euronews muxbirining "Siz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Rossiya manfaatlarini ko‘proq aks ettiradi, deb hisoblamaysizmi?" degan savoliga javoban, "Biz kimdir bilan savdo qilishimiz, qo‘shnilar bilan ishlashimiz zarur. Agar biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaganimizda, bizga iqtisodiy blokada xavf solardi. 2010 yilda Qozog‘iston bizga 1,5 oylik blokada uyushtirgan, bizda hattoki qurbonlar ham bo‘lgan. Shunday bo‘lgan, chunki blokada – yomon narsa. Bizga qayergadir kirish uchun muqobil tashkilot taklif qila olishadimi? Nima, Afg‘onistongami? Iltimos, biz bugunoq Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyormiz. Men buni taklif qilganman, biroq menga bizda umumiy chegaralar yo‘qligini ochiqchasiga aytishgan. Unda bizga nima taklif qila olasiz? Bizda 6 mln kishi bor. Yakkalanib, junglilardek yashashimiz kerakmi? Biz rivojlanishimiz kerak, bizga bozor kerak", deb aytgan.  

Mavzuga oid
Top