16:08 / 20.02.2017
7987

Serqirra Berdimuhamedov: Turkmaniston prezidenti navbatdagi kitobini taqdim qildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Mertler Watany beýgeldýär» (Mardlar sharaflaydi vatanni) nomli kitobini taqdim qildi. Bu kitob harbiylarga bag‘ishlangan.

Turkmaniston televideniyesida xabar qilinishicha, prezidentning ushbu kitobining ilk nusxalari 17 fevral kuni prezidentning qasamyod qabul qilish marosimidan keyin, marosimga tashrif buyurgan harbiy soha vakillariga topshirilgan.

Bu prezidentning joriy yil hisobidan birinchi kitobi sanaladi. Umuman olganda, Gurbanguli Berdimuhamedov 40ga yaqin hujjatli va badiiy kitoblar nashr qildirgan. Bundan tashqari, prezidentning nutqlari va undan keltirilgan iqtiboslar jamlangan risolalar chiqarilgan.

2016 yilning o‘zida Turkmaniston prezidenti 7ta kitob yozdi, jumladan turkman gilamlari, choyning foydasi, turkman tulporlari va Shukur baxshi haqida. U shuningdek, mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan "Turkmaniston" nomli kitobni ham nashr ettirgan. Prezident kitoblari adadi 6 mingtagacha bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, kitob yozish Turkmaniston prezidenti qiziqishlaridan biri hisoblanadi. Prezident bo‘lishidan oldin Berdimuhamedov stomatolog bo‘lib ishlagan, onkologiya, kompozitor, shoir, qo‘shiqchi, didjyeylikda o‘zini sinab ko‘rgan, avtopoygalarda g‘olib bo‘lgan, mamlakatning birinchi raqamli chavandozi hisoblanadi.

O‘tgan oyda, prezidentlik saylovi arafasidagi kampaniya davrida u saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida o‘zi yozgan qo‘shiqni kuylab bergandi.

Mavzuga oid
Top