14:43 / 21.02.2017
10380

Yangi Nokia 8 flagmani hali namoyish qilinmasidan sotuvga qo‘yildi

Xitoyning  JD.com internet-do‘konida hali rasman e'lon qilinmagan Nokia 8 smartfoniga avvaldan buyurtma berish haqida xabar paydo bo‘ldi. Shuningdek, uning narxi ham ma'lum bo‘ldi. 

Yangi flagman

 JD.com sahifasida xabar berilishicha, smartfon  3188 yuan — 464 AQSh dollari atrofida. Suratlar o‘rnidagi sahifada Nokia 8ning tarmoqlarda paydo bo‘lgan eski tasvirlaridan foydalanilgan. Shunday ekan, bu xabarning chin ekaniga odam ikkilanadi.

Rossiyada bu qiymatga ko‘plab maqbul telefonlar, jumladan, eng mashhur - yangi Samsung Galaxy A7ni xarid qilish mumkin. 

Nokia 8 rasman qachon sotuvga chiqishi noma'lum. Smartfonni  MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etish rejalashtirilgan. Uning ayrim xususiyatlari ma'lum:

Protsessor: Snapdragon 821 yoki 835;
Displey: QHD (2560x1440 piksel) imkoniyatli 5,7 dyuym, AMOLED;
Kamera: 24 MP asosiy va 12 MP frontal;
Xotira: 64 yoki 128 GB ichki, 256 GBgacha microSD xotirani ko‘tara oladi;
OT: Android 7.0 Nougat.

Mavzuga oid
Top