11:42 / 21.02.2017
5207

«Arsenal» ketma-ket to‘rtinchi marta Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi

«Arsenal» klubi Angliya kubogining 1/8 finalida beshinchi divizion jamoasi «Satton Yunayted» ustidan g‘alaba qozondi. Sattondagi «Boro Sports Graund» stadionida kechgan bahs 0:2 hisobida yakunlandi.

Londonliklar birinchi bo‘limda Lukas Peresning goli evaziga oldinga chiqib oldi,  ikkinchi bo‘limda Teo Uolkott mehmonlar g‘alabasini yanada mustahkamladi - 2:0.

«Arsenal» Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi hamda beshinchi divizionning yana bir klubi - «Linkoln Siti» bilan uchrashadi. Bahs 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerakki, Arsen Venger shogirdlari ketma-ket to‘rtinchi marta turnir chorak finaliga yo‘l olmoqda.

Angliya kubogi, 1/8 final

Satton Yunayted – Arsenal 0:2 (0:1)
Gollar: 
Peres (26), Uolkott (55).

Satton Yunayted: Uorner, Dauner, Bekuit (Spens, 70), Kollinz, Amankva, Beyli, Mey (Xadson-Odoi, 71), Istmond, Gomis, Dikon, Biamu (Fitchett, 82).
Arsenal: Ospina, Gabriel, Mustafi, Holding, Monreal, En-Nenni (Oksleyd-Chemberlen, 46), Chaka, Ren-Adeleyd (Meytlend-Naylz, 74), Uolkott, Peres, Ivobi (Sanches, 74).
Ogohlantirishlar: Chaka (24), Ren-Adeleyd (40).

Top