19:41 / 21.02.2017
22731

Endi shvedlar u bilan hazillashishmaydi. Axir Tramp ogohlantirgandi

21 fevralga o‘tar kechasi Shvetsiya poytaxti Stokholmda muhojirlar tartibsizliklar uyushtirishdi. Ular avtomobillarni yoqib yuborishgan va politsiyachilarga hujum qilishgan.

Tartibsizliklarda 40-50 odam ishtirok etgan. Ulardan ba'zilari qochib ketgan.

Bu hodisalar shvetsiyaliklar tvitterda #lastnightinsweden (Shvetsiya o‘tgan tunda) heshtegi ostida AQSh prezidenti Donald Trampni masxaralab o‘tkazgan fleshmobdan keyin ro‘y berdi.

Shvedlar Trampning shunday gaplaridan norozi bo‘lishgandi: "Bir ko‘ring, Shvetsiyada kecha nima sodir bo‘ldi. Shvetsiyada-ya, kim ham o‘ylardi? Kim ham bunga ishonardi. Shvetsiya katta miqdorda muhojirlarni qabul qildi va unda ilojsiz deb tasavvur qilingan muammolar paydo bo‘ldi".

Lekin o‘sha tuni Shvetsiya hukumati poytaxtda hammayoq osuda bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Keyinroq Tramp bu so‘zlariga tushuntirish berdi: "Shvetsiyada nima sodir bo‘layotgani haqidagi so‘zlarim u yerdagi muhojirlar mavzusi ko‘tarilgan, Fox News’da ko‘rsatilgan ko‘rsatuvga havola edi".

Qayd etish kerakki, Shvetsiyada muhojirlar mahalliy aholi tomonidan qabul qilinishi juda sekin kechmoqda. Ko‘chib keluvchilar alohida, chekka hududlarda yashamoqda.

Tartibsizliklar metroda politsiyachilar muhojirlardan birini hujjati yo‘qligi uchun qo‘lga olganidan keyin boshlangani aytilgan.

Ehtimol, Trampning so‘zlari ularni nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishga undagan?..

Shvedcha mazaxlash: Tramp yana «qovun tushirdi», Shvetsiyada esa hammayoq tinch

Mavzuga oid
Top