15:17 / 21.02.2017
32899

Oliy Majlis matbuot xizmati deputat maoshi miqdori qanchaligiga oydinlik kiritdi

«Kun» saytida 19 fevral kuni «O‘zbekistonda deputat kim: Huquq va majburiyatlar, maosh hamda imtiyozlar» sarlavhasi ostida maqola nashr etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tushunchasiga imkon qadar ta'rif berilgan, jumladan, deputatning maoshi miqdori qanchaligi keltirilgandi. Sayt o‘z manbasiga asoslangan holda, bu miqdorni 2-3 million so‘m oralig‘ida ekanini yozgandi. Ma'lumot beruvchining qo‘shimcha qilishicha, deputatning ish faoliyati doirasidagi xarajatlari qoplab beriladi.

Oliy Majlis matbuot xizmati esa xabarning shu qismiga oydinlik kiritdi. Ma'lum qilinishicha, deputatning oylik maoshi miqdori 1 million 700 ming so‘mgacha bo‘lib, uning 40-50 foizi plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Birinchi xabarda keltirilgan xato ma'lumot uchun sayt tahririyati o‘quvchilardan uzr so‘raydi.

Top