22:24 / 21.02.2017
6724

Samsung kompaniyasi mash'um Galaxy Note 7 smartfonlarini yana sotishni boshlamoqchi

Samsung kompaniyasi mash'um Galaxy Note 7 smartfonlarini joriy yilda yana sotishni boshlamoqchi, deb xabar bermoqda Independent nashri.

Galaxy Note 7 smartfonlari Janubiy Koreyada 2016 yil 19 avgustdan sotila boshlangan. Sentbyar boshida bu smartfonlar quvvatlanish vaqtida alangalanib ketishi haqidagi xabarlardan keyin jahon bozoridan 2,5 mln ta shunday smartfon qaytarilib olinishi e'lon qilingandi. Shu sababli oktabr boshida Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Note 7 ishlab chiqarilishini vaqtinchalik to‘xtatilishini e'lon qilgan.  

Nashrning Janubiy Koreyaning Hankyung portaliga iqtibos keltirgan holda yozishicha, kompaniya smartfonning modifikatsiyalashgan versiyasini rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan Hindiston va Vetnam bozorlarida sota boshlaydi va bu ziyonlarni minimallashtirishga hamda qurilmaning yo‘q qilib yuborilmagan partiyasi uchun atrof muhitga ziyon yetkazilishi bo‘yicha solinadigan jarimalardan qutulishga imkon beradi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung muammoni hal qilish uchun smartfonning akkumulyatori batareyalari sig‘imini 3500 milliamperdan 3200 yoki 3000 Ma-soatgacha kamaytirgan.  

Janubiy Koreya hukumati 20 fevralda smartfonning batareyasidagi nuqsonlar, jumladan tegishlicha izolyatsiyaning yo‘qligi Galaxy Note 7 smartfonining o‘z-o‘zidan yonib ketishi sababi bo‘lganini tasdiqlagan.

Top