14:40 / 21.02.2017
11496

Turkiya Qora dengizga olib kelingan sayyohlar uchun kamida 6 ming dollar to‘laydi

Turkiya Qora dengiz qirg‘oqlariga kelgan har bir charter reys uchun kamida 6 ming dollar to‘laydi. Respublika hukumati sayyohlarni dam olishga yo‘llayotgan turoperatorlar va aviakompaniyalarni subsidiyalash dasturi geografiyasini kengaytirdi. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasining xabar berishicha, yangi ro‘yxatga Qora dengiz va O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari hududidagi yana 12 aeroport kiritilgan. 

Dastur shartlariga ko‘ra, kamida 100 yo‘lovchisi bo‘lgan har bir charter reys uchun tashkilotchilarga Turkiyaning Turizm va madaniyat vazirligi tomonidan 6 ming dollardan beriladi. 150 kishidan ortiq reyslarda esa bu summa 30 foizga oshirilishi mumkin. 

Subsidiyalar, xususan, Qora dengiz provinsiyalari hisoblangan Trabzon, Ordu-Giresun, Charshamba (Samsun), Denizli, Isparta va Eskishehirga tegishli. Bunga qadar turoperator va aviakompaniyalar Antalya, Alaniya, Dalaman, Bodrum, Izmir va Kyutaxyaga amalga oshirilgan charter reyslar uchun pul olib kelishgan. 

Top