19:35 / 21.02.2017
6831

Welt: Ukraina bank inqirozi vaqti-soati kelib portlaydigan bomba kabidir

Foto: ZUMAPRESS.com

Die Welt nashrining yozishicha, agar Ukraina banklaridan olingan kreditlarning katta qismi to‘lanmasa, Ukraina bank inqirozi vaqti-soati kelib portlaydigan bomba kabidir. 

Ukraina milliy banki ma'lumotlariga ko‘ra, kreditlardan 30,5 foizi qaytarilmas hisoblanadi. Bozor tahlilchilari esa biroz boshqacha raqam – 50 foizni aytishmoqda. 

Shu bilan birga Ukraina milliy banki 2016 yil yakunlariga ko‘ra bank sohasida ko‘rilgan rekord miqdordagi ziyonlardan (159 mlrd grivna) keyin vaziyat biroz yaxshilanganini ma'lum qildi. Biroq muammoli kreditlarning "ulkan tog‘i" tufayli inqiroz qaytishi mumkin.

Davlat banklari ahvol ayanchli ekanini ochiqchasiga aytishmoqda, biroq ba'zi xususiy banklar muammoning ko‘lamlarini tan olishni istashmayapti.

Die Welt’ning ta'kidlashicha, Ukraina bank sohasi 2014 yildan beri chuqur retsessiyadan aziyat chekmoqda. 

"Nazoratchilar muammoli banklar bo‘yicha haddan ziyod uzoq vaqt kafolatlar berganlar va ularning egalariga o‘zlaridan pul undirishga imkon berganlar. Kreditlarni qaytarish mushkul, chunki mijozlarning kreditlar bo‘yicha taftishlardan keyin sudga ketgan xarajatlariga kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashdan kamroq pul ketadi. Ukrainada "kreditni faqat qo‘rqoqlar qaytaradi" degan gap yuradi", deb yozmoqda nashr.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina iqtisodiyoti bilan ba'zi ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, jumladan inflyatsiya darajasi kamaygan. Kreditlar bilan bog‘liq vaziyat ham barqarorlashadi va ular endi 24 foizlik emas, balki 14 foizlik stavka bilan berilmoqda. Biroq banklarda daromad bilan muammolar saqlanib qolmoqda.

Top