18:20 / 22.02.2017
6771

Beeline avtobuslarda yo‘lovchilari uchun bepul WiFi taqdim etayotganini ma'lum qildi

Beeline kompaniyasi 2017 yil 22 fevral kuni Aznur Travel kompaniyasining Doubledecker ekskursion avtobuslarida yuqori tezlikdagi bepul WiFi ishga tushirilgani haqida e'lon qildi.

“Bepul Internet yo‘lovchilarning qaysi aloqa operatori abonenti bo‘lishidan qat'i nazar hamma uchun amal qiladi. Bizning tashabbusimizga Toshkent shahri yashovchilari va mehmonlari a'lo baho beradilar, deb umid qilamiz”, — dedi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. 

Beelline WiFi xizmatidan foydalanish uchun BeelineWiFi ulanish nuqtasini tanlashning o‘zi kifoya. Avtobusdagi bepul Internet elektron pochtani tekshirish, ijtimoiy tarmoqlarga kirish, qidiruv saytlaridan kerakli ma'lumotlarni topish, yangiliklarni o‘qish uchun juda qulay.

Top