15:17 / 22.02.2017
6560

KXDR elchixonasi Kim Chen Namga suiqasd qilganlarni qo‘yib yuborishga chaqirmoqda

Foto: AP

Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchixonasi diplomatlari KXDR yetakchisining akasi Kim Chen Namga suiqasd qilishda gumon qilinib ushlangan ayollarni «zudlik bilan ozod etish»ni talab qilmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilgan.

Diplomatlarning bayonotida malayziyalik politsiyachilarning taxminlari shubha ostiga qo‘yilgan. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ayollar zaharli moddani dastlab qo‘llariga surishgan, so‘ngra Kim Chen Namga hujum qilishgan. 

«(Agar ularning qo‘lida zahar bo‘lganida), gumondor ayollar qanday qilib tirik qolishlari mumkin?», — deyiladi bayonotda.

Shunga ko‘ra, diplomatlarining aytishicha, Malayziya politsiyasi «begunoh ayollar»ni ushlagan.

20 fevral kuni KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchisi Kan Chxol Malayziyada o‘ldirilgan shaxs Kim Chen Inning akasi emas, deya bayonot bergan edi. 

Mavzuga oid
Top