19:13 / 22.02.2017
4352

Mutaxassis: OPeK neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni 94 foizga bajarmoqda

OPeK davlatlari neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni 94 foizga bajarmoqda, deb ma'lum qildi Londonda bo‘lib o‘tayotgan IP Week anjumanida jurnalistlarga Qatar energetika vaziri Muhammad ibn Saloh as-Sad.

"Oxirgi hisobotga ko‘ra, kelishuvda ishtirok etayotgan OPeK davlatlari uni 94 foizga, OPeKga kirmaydigan davlatlar esa 50 foizga bajarmoqdalar", deb aytdi as-Sad tegishli savolga javoban. Uning aytishicha, OPeKga kirmaydigan davlatlar bo‘yicha qazib olish monitoringi birinchi marta o‘tkazilmoqda, shuning uchun bu davlatlar bo‘yicha hisob-kitoblar OPeKdagi kabi hali mukammal emas.

Vazirning aytishicha, OPeKning bu kelishuvini uzaytirish haqida gapirishga hali ertalik qiladi.

Mavzuga oid
Top