10:13 / 22.02.2017
12602

Notariuslarni moliyalashtirish qisqartirildi

Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi qarori (ro‘yxat raqami 2168-1, 2017 yil 14 fevral) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Unga ko‘ra, notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadigan ajratmalar miqdoriga tuzatishlar kiritildi:

•  notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar (ilgari – 15 foiz);
•  notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ko‘rsatilganligi uchun tushumlar;
•  gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi (ilgari – gerb yig‘imining barcha summasi) – gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma'lumotlar bankini yaratishga, shuningdek, notarial idoralari va notarial arxivlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish bilan;
•  Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.  
 
Hujjat ayrim boshqa o‘zgartirishlarni ham saqlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamining 20.02.2017 yildagi 7-sonida e'lon qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid
Top