17:35 / 22.02.2017
23442

Bog‘chada ovqat uchun ajratilgan pulni ko‘mir sotib olish uchun ishlatishga majbur bo‘lishmoqda

“Samarkandskiy vestnik” nashrida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida joylashgan 19-raqamli maktabgacha ta'lim muassasasining abgor ahvoli haqida maqola nashr etildi.

Maqolada aytilishicha, maktabgacha ta'lim muassasasi 120 o‘ringa mo‘ljallangan, ammo unda hozirgi kunda 55 nafar bola tarbiyalanmoqda. Chunki, bu yerda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmagan.

Muallif bog‘cha hududida olingan bir necha suratlarni namoyish qilgan.

Muassasa binosi 1976 yilda qurilgan bo‘lib, ko‘rinishidan ko‘p yillardan beri ta'mirlanmagan. Kanalizatsiya tizimiga ulanmagan bu bino tabiiy gaz bilan ham ta'minlanmagan, unda yuz va qo‘l yuvish uchun sharoitlar yo‘q.

Bog‘cha mudirasi Dilrabo Hamidovaning aytishicha, maktabgacha ta'lim muassasasi joriy mavsum uchun tegishli tashkilotlarga ko‘mir so‘rab murojaat qilgan, biroq bu murojaat tushunarsiz sabablarga ko‘ra qondirilmagan. Shu tufayli muassasasa hisobiga oziq-ovqat uchun o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan ko‘mir ham sotib olishga to‘g‘ri kelmoqda.

Top