12:52 / 22.02.2017
10035

WP: Nobel mukofotining eng yosh sovrindori vafot etdi

Foto: AP

Nobel mukofotining iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh sovrindori Kennet Jozef Errou Kaliforniya shtati Palo-Alto shahrida 95 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi olimning o‘g‘liga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Errou 1972 yilda Jon Xiks bilan hamkorlikda Nobel mukofotiga munosib topilgan edi. O‘shanda Errou 51 yoshda bo‘lgan. Shunga ko‘ra, u Alfred Nobel mukofotining iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh sovrindori hisoblanadi. 

Errou, shuningdek, turli sovrinlarni egallagan 5 nafar olimga ustozlik qilgan. 

Mavzuga oid
Top