12:08 / 23.02.2017
6944

AQShning yangi davlat kotibi Obama va Ivanka Trampga qo‘shni bo‘ldi

AQShning yangi davlat kotibi Reks Tillerson Vashingtonning nufuzli tumanidan Barak Obama, Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner uylari yonidan o‘ziga uy sotib oldi, deb xabar bermoqda Washingtonian nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tillerson sotib olgan uy narxi 5,6 mln dollarni tashkil qiladi. Uy neokolonial uslubda qurilgan, 4 ta yotoqxona va 4 ta vannaxonaga ega.

ExxonMobil neft-gaz kompaniyasining rahbari Tillerson 2017 yil 1 fevraldan AQShning 69-davlat kotibi bo‘ldi. Uning bu lavozimga tayinlanishi bo‘yicha qaror AQSh kongressi senati tomonidan qabul qilingan.

Mavzuga oid
Top