17:23 / 23.02.2017
4095

Avstriya kansleri xavfsizlik kengashi majlisini chaqirdi

Avstriya kansleri Kristian Kern Airbus aviakompaniyasi bilan Eurofighter qiruvchilari bo‘yicha kelishuv yuzasidan respublika xavfsizlik kengashi majlisini chaqirdi. Bu haqda federal vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 2003 yil martidagi kelishuv bo‘yicha avvaliga 18ta, keyin, 2007 yil iyunidan buyon 15ta qiruvchi samolyotlar yetkazilgan. Bu harbiy samolyotlarning umumiy bahosi 1,959 milliard yevroni tashkil qilgan, shundan 10 foizi yoki 183,4 million yevro operatsion xarajatlar uchun kompensatsiya sifatida ajratilgan. Lekin 2001 yilgi tender hujjatlarida bunday xarajatlar alohida bo‘lishi ko‘rsatilgandi. Bu ma'lumotlar 2012 yilgi tekshiruvlar orqali aniqlangan. Mudofaa vazirligi hisoblariga ko‘ra, bu tufayli ko‘rilgan zarar 1,1 milliard yevroga teng bo‘lgan.

Top