Braziliya tashqi ishlar vaziri Joze Serra salomatligidagi muammolar sababli iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda Globo telekanali.
"Sizning janobi oliylaringizga ma'lum bo‘lgandek, salomatligimdagi muammolar menga avvalgidek xorijiy safarlar sur'atini qo‘llab-quvvatlashga xalaqit bermoqda va shifokorlar fikricha, tiklanishimga kamida 4 oy kerak bo‘ladi", deb yozgan Serra Braziliya prezidentiga.
Serraning Mishel Temerga bu arizasi kanal saytida chop etilgan.