Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashtirilgan.
Qayd etish kerakki, bu rejalashtirilganidan 1 kun kechikib ro‘y berdi.
SpaceX kompaniyasi tomonidan yasalgan apparat kosmik stansiyaga 2,5 tonna miqdoridagi oziq-ovqat va asbob-uskuna olib chiqqan.
Dragon Floridadagi 39A majmuasidan uchirilgandi.