00:34 / 23.02.2017
8300

Yevropa ligasi. Dastlabki uchta nimchorak finalchilar nomi aniq bo‘ldi

Yevropa ligasining 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlariga start berildi. Chorshanba kuni uch uchrashuv o‘tkazildi.

Turkiyada «Fenerbahche» mehmoni bo‘lgan Odil Ahmedovning sobiq jamoasi «Krasnodar» uydagi minimal ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga Smolov mehmonlarni hisobga oldinga olib chiqqandi. Souzaning goli turklarga hech qanday umid bermadi.

«Shalke» va «Manchester Yunayted» esa birinchi uchrashuvda yirik hisobdagi g‘alabalar sabab keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib bo‘lishgandi. Shu boisdan ham javob uchrashuvi deyarli rasmiyatchilik uchun o‘tkazildi. «MYu» mehmonda g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, «Shalke» o‘z uyida ortiqcha kuch sarflamasdan durang qayd etdi.

Natijada «Krasnodar», «MYu» va «Shalke» nimchorak finalning dastlabki ishtirokchilari bo‘lishdi.

Yevropa Ligasi, 1/16 final
Javob uchrashuvlari

Fenerbahche (Turkiya) – Krasnodar (Rossiya) 1:1 (1:1)
Gollar: Souza (41) – Smolov (7).
Fenerbahche: Demirel (Freytas, 71), O‘zbayroqli (Shen, 71), Ker, Shkrtel, Keyboshi, Topal, Souza, Lens, Potuk, Sou (Fernandao, 71), van Persi.
Krasnodar: Kritsyuk, Kaleshin, Naldo, Grankvist, Ramires, Gazinskiy, Kabore, Podberezkin (Pereyra, 79), Vanderson (Laborde, 64), Smolov, Klasson.
Ogohlantirishlar: Keyboshi (20), Souza (43), Lens (45), Gazinskiy (58), Kaleshin (66), Sou (66), Kabore (75), Pereyra (82).
Dastlabki uchrashuv: 0:1

Shalke-04 (Germaniya) – PAOK (Gretsiya) 1:1 (1:1)
Gollar: Shopf (23) – Nasatasich (25, avtogol).
Shalke-04: Fermann, Xevedes, Naldo (Badshtuber, 72), Kolashinats, Nastasich, Mayyer, Shopf, Gays, Bentaleb (Kerer, 84), Shupo-Moting (Gorettska, 56), Xuntelar.
PAOK: Glikos, Malezas, Punguras, Kitsiu, Krespo, Uarda (Bisesvar, 69), Shaxov, Mistakidis (Pedro Enrike, 63), Tsimirot, Djalma (Pelkas, 78), Kuluris.
Ogohlantirishlar: Gorettska (61), Gays (64), Xuntelar (77), Pedro Enrike (81), Bisesvar (88).
Dastlabki uchrashuv: 3:0

Sent-Eten (Fransiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 0:1 (0:1)
Gol: Mxitaryan (16).
Sent-Eten: Ryuffe, Malkyui, Teofil-Katrin, Perren, Pogba, Veretu (Lemuan, 68), Pajo, Amuma, Seve (Jorjye Intima, 54), Monne-Pake, Berich (Ru, 59).
Manchester Yunayted: Romero, Yang, Bayi, Smolling, Blind, Fellayni, Kerrik (Shvaynshtayger, 62), Pogba, Mata (Roxo, 64), Ibragimovich, Mxitaryan (Reshford, 25).
Ogohlantirishlar: Bayi (60), Malkyui (84).
Chetlatish: Bayi (63, MYu).
Dastlabki uchrashuv: 0:3

Top