21:31 / 23.02.2017
10043

«Napoleoncha reja». «Real» prezidenti transferlar bozorida chegara bilmayapti

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres klub tarkibini kuchaytirmoqchi.

Diairo Gol nashrining xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azarning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan. Bu belgiyalik futbolchiga «Real» Yevro-2016 turniridan oldin ham qiziqqandi.

Qayd etilishicha ispan grandi rahbari«Manchester Yunayted» darvozaboni Davida De Xeani qo‘lga kiritish uchun yana bir urinib ko‘radi, bu futbolchining transferi 2015 yil yozida oxirgi daqiqalarda barbod bo‘lgandi.

Peres «Real» tarkibini kuchaytirishi mumkin deb hisoblayotgan yana bir futbolchi – Paulo Dibaladir. Italiyadagi nashrlarda yozilishicha, «Yuventus» hujumchisi turinliklar klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan kelisha olmayapti. Shu bilan birga argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida o‘ynashni istamoqda. Futbolchi bundan oldinroq bergan intervyularida«Barselona» safida o‘ynashni orzu qilishi haqida gapirgandi, qolaversa uning vatandoshi, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uni Kataloniyaga kelishga ko‘ndirmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, bu futbolchilarning barchasi shu yil yozida «Real»da paydo bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top