23:32 / 23.02.2017
12278

Runi «Manchester Yunayted»dagi kelajagi bo‘yicha so‘nggi gapni aytdi

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi Xitoyda yopilmagan qishki transferlar vaqtida o‘z jamoasini tark etmasligini bildirdi.

«Bir necha klublardan qiziqishlar bo‘layotgani rost. Ularga buning uchun minnatdorchilik bildiraman. Lekin matbuotdagi barcha gaplarga yakun yasashni istayman.

«MYu»da qolaman. Umid qilamanki, to‘rtta frontda kurashni davom ettirayotgan jamoaga hali yordamim tegadi. «Manchester Yunayted»ning bir qismi bo‘lib qolishni istayman», – deya Runidan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.

Top