«Real» Ispaniya chempionatining 16-turidan qoldirilgan uchrashuvni «Valensiya»ga qarshi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu madridliklar jamoasi uchun 2017 yil hisobidan uchinchi mag‘lubiyatdir.
Qayd etish kerakki, «Real» 2016 yil davomida atigi 2ta o‘yinni boy bergandi: ichki chempionat doirasida «Atletiko»ga va YeChL chorak finalida «Volfsburg»ga qarshi o‘yinlarda 0:1 va 0:2 hisoblaridagi mag‘lubiyatlar.
Shu tariqa, «Real» 2017 yilning 2 oyida 2016 yilning 12 oyidagidan ko‘proq mag‘lubiyat qayd etmoqda.
Bu muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan Zidan shogirdlari Ispaniya chempionatida zaxiradagi yana bir o‘yin bor holda turnir jadvalida «Barselona»ni 1 ochkoga ortda qoldirib, yetakchilik qilmoqda.