18:03 / 23.02.2017
11107

Turkish Airlines’ning reklamasi eng mashhur roliklardan biriga aylandi

Turkish Airlines jahonning yetakchi aviakompaniyalaridan biri sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda.

Yevropadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri sanaluvchi Turkiya milliy aviatashuvchisi o‘zining marketing maqsadlariga erishish uchun reklamadan unumli foydalanmoqda.

Turkish Airlines tomonidan taniqli sportchilar, aktyorlar va musiqachilar ishtirokida tayyorlangan va xorijiy tillarga o‘girilgan reklama roliklari internetdagi minglab foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lib ketmoqda. Bu esa nafaqat aviakompaniya, balki Turkiyaning ham nufuzini oshirmoqda.

Masalan, AQSh Milliy futbol ligasining final uchrashuvi vaqtida “Oskar” sohibi Morgan Frimen ishtirok etgan reklama roligi premerasi o‘tkazildi.

Rolikning asosiy maqsadi - Turkish Airlines sizni dunyoning istalgan chekkasiga yetkazishi mumkin, va bu ayni haqiqat. Aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i butun jahon bo‘ylab 296 yo‘nalishni qamrab oladi. Ayni damda aviakompaniya dunyoning 120 mamlakatiga reyslarni amalga oshiradi.

Turkish Airlines’ning YouTube rasmiy kanalida rolikni 16 million foydalanuvchi tomosha qilgan. U qisqa vaqt ichida turk aviakompaniyasining eng ommabop reklama roliklari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Twitter’da esa reklama roligi «@TurkishAirlines» xeshtegi bilan taqdim etilgan va qisqa vaqt ichida to‘qqiz ming «layk» va 2500 retvitlarni qo‘lga kiritdi.

Aviakompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida esa rolikni 561 ming marta ko‘rishgan hamda o‘n minglab foydalanuvchilar u bilan bo‘lishishdi. 

Ma'lumot uchun, Turkish Airlines roligi YouTube’dagi eng ommabop reklama roliklari TOP-5ligiga kirmoqda.

O‘tgan yili esa Turkish Airlines oltinchi bor «Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyasi» deb tan olindi. 

 

Mavzuga oid
Top