08:49 / 24.02.2017
11318

Amsterdamda samolyot halokatga uchrashiga bir baxya qoldi (video)

Internetda Britaniyaning FlyBe kompaniyasi samolyoti Amsterdam aeroportida halokatga uchrashiga bir baxya qolgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi. Layner uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.

Videorolikda havo kemasi qo‘nish chog‘ida yonboshiga "yotib qolganini", shu bilan bir qatorda, parraklardan biri uchish-qo‘nish yo‘lagiga tegib ketganini ko‘rish mumkin.

Aerovokzal ma'muriyati ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyotda bo‘lgan barcha 59 yo‘lovchi avtobusda terminalga olib ketildi.

Daily Mail’ning xabar berishicha, hodisaga kuchli shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Mavzuga oid
Top