22:35 / 24.02.2017
8176

Brexit, Tramp va Raneri. Yurgen Klopp kun mavzusiga takrorlanmas o‘xshatish topdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 26-turidan o‘rin olgan «Lester»ga qarshi uchrashuv oldidan kunning eng muhim mavzusi haqida gapirib o‘tdi.

«Bu qarordan hayratga tushdimmi? Unaqa demagan bo‘lardim. Chunki bu kabi hodisalar faqat futbolda sodir bo‘layotgani yo‘q. 2016/17 mavsum davomida bir necha g‘alati qarorlar qabul qilindi – Brexit (Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi – Tribuna.uz izohi), Tramp, Raneri.

«Lester» nega bunday qarorga kelganini tasavvur qila olmayman. Hamma jamoalar ham Ligada va chempionlar ligasida ularning o‘rnida bo‘lishi mumkin edi.

Raneri shubhasiz, kasbimizdagi xos murabbiy, u juda yoqimli inson. Biz Klaudio bilan ancha oldin, u Dortmundga tashrif buyurganida ko‘rishganmiz. U shunchaki mo‘'jizakor. U hattoki Lesterga borib, nega bunday qilishgani bo‘yicha tortishishingizga ham arziydigan darajadagi ajoyib shaxs.

Hafta boshida men shogirdlarimga: «Lester» o‘zlarining muammosi aynan nimada ekanini juda yaxshi bilishadi, shunday ekan biz butunlay boshqa «Lester»ni ko‘ramiz» degandim.

Chempionlar ligasida ular kiritgan gol va undan keyin o‘yinga munosabatni ko‘rdingiz. Jamoa gol kiritguncha va kiritgach, butunlay boshqa-boshqa jamoaga aylanib qolishdi. Ular o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib olishi uchun jamoaga gol kerak ekani yaqqol ko‘rinib turgandi.

Jamoa darhol o‘zgarib qoladi deb o‘ylamayman. Katta ehtimol bilan «Lester» futbolchilar maydonda nimanidir isbotlashga harakat qilishadi, bizning maqsad esa – ularga imkoniyat bermaslik», – degan Klopp The Guardian xabarida.

Mavzuga oid
Top