23:16 / 24.02.2017
6718

Buxoro viloyatida davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 24 fevral kuni Buxoro viloyatida Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning hududiy va yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat komissiyalarining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va axborot bo‘limi Sadriddin Jurayev Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Tadbirda Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning hududiy va yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat komissiyalari raisi va a'zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish raislik qiluvchi Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Xalilov tomonidan kirish so‘zi bilan ochilib, ta'kidlanganidek, “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijrochilar va aholini qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan ta'minlashning sifatini oshirish, ushbu sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qarorga asosan tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash komissiyasining oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 
19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2733-son qarorining qabul qilinishi yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berib, ularning maqomini yangi bosqichga ko‘tardi.

Yig‘ilishda Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning 2017 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi muhokama qilinib, komissiya a'zolari tomonidan bir qator takliflar berildi.

Tadbir yakunida komissiyaning keyingi yig‘ilishlarini chekka joylarda, tuman va shaharlarda o‘tkazilishi haqida kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top