12:55 / 24.02.2017
9374

Yevropa ligasi 1/8 finalining barcha ishtirokchilari aniqlandi

Yevropa ligasi 1/16 finali javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Rostov» va «Krasnodar» jamoalari musobaqaning kelgusi bosqichiga chiqish vazifasini uddalashdi. Ular bu borada Chexiyaning «Sparta» va Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoalarini dog‘da qoldirdi. «Zenit» esa ikki o‘yin hisobi bo‘yicha «Anderlext»ga imkoniyatni boy berdi, deb yozmoqda Tribuna.uz nashri.

Shunday qilib, Rossiyaning ikki jamoasidan tashqari, APOEL (Kipr), «Ayaks» (Niderlandiya), «Beshiktash» (Turkiya), «Borussiya» Menxengladbax (Germaniya), «Genk» (Belgiya), «Gent» (Belgiya), «Kopenhagen» (Daniya), «Lion» (Fransiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Olimpiakos» (Gretsiya), «Roma» (Italiya), «Selta» (Ispaniya), «Shalke-04» (Germaniya) jamoalari Yevropa ligasiing bosh sovrini uchun kurashni davom ettiradi.

1/8 finali uchun qur'a tashlash marosimi 24 fevralda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 9 va 16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Top