17:23 / 24.02.2017
14802

Yevropa Ligasining 1/8 finaliga qur'a tashlandi

Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Ligasining nimchorak finali uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Qur'aga ko‘ra, turnir favoritlaridan biri «Manchester Yunayted»ga Rossiyaning «Rostov» jamoasi raqiblik qiladigan bo‘ldi.

O‘yinlar 9 va 16 mart kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerakki, bu bosqichda tarixda ilk marta Belgiyadan 3ta klub ishtirok etadi. Bu klublarning ikkisi «Gent» va «Genk» bu bosqichda o‘zaro to‘qnashadi. Shuningdek, qur'a Germaniyaning «Shalke» va «Borussiya» M jamoalarini bir-biriga raqib qildi.

«Rostov» (Rossiya) - «Manchester Yunayted» (Angliya) 
«Lion» (Fransiya) - «Roma» (Italiya) 
«Shalke» (Germaniya) - «Borussiya» (Menxengladbax, Germaniya)
APOEL (Kipr) - «Anderlext» (Belgiya) 
«Selta» (Ispaniya) - «Krasnodar» (Rossiya)
«Kopenhagen» (Daniya) - «Ayaks» (Niderlandiya) 
«Gent» (Belgiya) - «Genk» (Belgiya) 
«Olimpiakos» (Gretsiya) - «Beshiktosh» (Turkiya)

Top