21:43 / 24.02.2017
16634

Latviya BAA elchisini "quchoq ochib" kutib oldi...

Foto: president.lv

BAAning Latviyadagi diplomatik vakolatxonasi yaqindagina, 9 fevralda ishga tushgandi, biroq u yerda darhol nizo yuzaga keldi. Bu haqida "Life" nashrida xabar berildi. 

Latviya TIV Arab Amirliklaridan musulmon urf-odatlari va BAAning Latviyadagi yangi elchisi Hanon Xalfan Obayda Ali al-Madaniyning diplomatik immunitetiga hurmatsizlik borasida norozilik maktubini oldi. Gap shundaki, diplomatdan Riga aeroportida hijobini yechish so‘ralgan. 

Manbaga ko‘ra, elchi alohida xonada, faqat ayollar bo‘lgan joyda shunday qilishga rozi bo‘ladi, biroq unga bunday imkoniyat berilmaydi. 

Dastlab Latviya TIV vakili Vita Dobele sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari o‘rganilayotganini aytgan va Riga aeroportida tekshiruv ishlari Yevropa qoidalariga ko‘ra olib borilishini ta'kidlagan. Arablar tomoni, o‘z navbatida, aeroport xizmatchilari "aftidan, diplomatiyaning nozik tomonlarini yaxshi tushunmasliklari"ga ishora qilgan. 

Riga xalqaro aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan BAA elchisini tekshiruvdan o‘tkazishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani haqidagi ma'lumotni ishonchsiz deb atadi. Aeroportning Xavfsizlik departamenti direktori Inta Smildzinya ana shunday bayonot bildirdi. 

"Elchidan shunchaki paltosini yechish so‘raldi. Tekshiruv ayol kishi tomonidan amalga oshirilayotgan edi", - dedi Smildzinya.

U elchiga an'anaviy musulmonlar libosi va bosh kiyimini yechish talabi qo‘yilmaganini qo‘shimcha qildi. Shuningdek tekshiruv jarayoni Yevroittifoq va havo kemasi talablariga to‘liq javob berganini ta'kidladi. 

Top