16:36 / 24.02.2017
11716

Ozod etilganiga 1 kun bo‘lgan Al-Bobda yirik portlash: Qurbonlar soni 40 nafardan ortiq

Suriya shimolidagi Al-Bob shahri yaqinida terakt sodir etildi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan.

Dastlabki xabarlarda portlash qurbonlari soni 15 nafardan ortiqligi aytilgandi. 

Xabarda aytilishicha, qurbonlarning 35 nafari tinch aholi vakillaridir. Bu terakt uchun javobgarlik IShID zimmasiga yuklangan.

23 fevral kuni Turkiya bosh shtabi va Suriya ozodlik armiyasi vakillari Al-Bob IShID jangarilaridan butunlay ozod etilgani haqida xabar bergandi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top