11:41 / 24.02.2017
6719

Samsung mojarosi davom etmoqda: ikki top-menejyer iste'foga chiqdi

Samsung kompaniyasining ikki nafar top-menejyeri iste'foga chiqishga qaror qildi. Ular Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korrupsiya mojarosiga kompaniyani aralashtirganlik uchun mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishgan, deb xabar bermoqda Reuters «Renxap»ga asosan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, rais o‘rinbosari Choy Si Sun va kompaniya prezidenti Chan Chun Ji iste'fo bergan. Samsung’ning har ikki top-menejyeri korrupsiya bo‘yicha ishda gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda.

Janubiy Koreya agentligi ular kompaniyani butunlay tark etishi yoki Samsung’da boshqa lavozimni egallashi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. Kompaniyaning o‘zi esa bu borada izoh bermagan.

Avvalroq sud Samsung’ning asl egasini poraxo‘rlikda ayblab hibsga olgani haqida xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top