17:43 / 24.02.2017
11054

"Umra-2017" dasturi doirasida Jiddaga qancha reys amalga oshirilishi ma'lum

20 fevraldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Umra-2017” dasturi doirasida muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi.

Umra ziyoratiga borishni istagan o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida yetkazilmoqda.

Joriy yil dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab 30ta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan, taxminan 5 500 yo‘lovchini yetkazish mo‘ljallangan.

“Umra-2017” dasturini amalga oshirish uchun Milliy aviakompaniyaning yuqori malakali mutaxassislari jalb etildi, ular yo‘lovchilarga barcha kerakli sharoitlarni yaratish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishmoqda.

Alohida e'tibor bortdagi taomlarga qaratilgan bo‘lib, ular ichiga “halol” go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar, salatlar va shirinliklar kiradi.

“Umra-2017” dasturi 11 aprelga qadar davom etadi.

Top