16:08 / 24.02.2017
10037

O‘zbekiston 2,7 mlrd dollardan ortiq turistik xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda

Foto: O‘zA

O‘rta istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyada ko‘zlangan loyihalar va ishlar amalga oshirilishi bilan quyidagi natijalarga erishiladi:

Xususan, O‘zbekistonda samarali, raqobatbardosh turizm kompleksi tashkil etiladi. U mintaqalar rivojlanishi va mintaqalararo aloqalarning asosiy poydevorlaridan biri bo‘ladi hamda o‘z atrofidagi kichik va o‘rta biznes rivojiga turtki beradi. Unga ko‘ra, 2017-2021 yillar oralig‘ida turizm sanoatining asosiy kapitaliga kiritiladigan sarmoya miqdori 298,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

O‘zbekiston Respublikasining turli toifadagi fuqarolarining faol va to‘liq dam olish borasidagi talablarini qondirish, salomatligini mustahkamlash, madaniy qadriyatlarga oshno qilishga erishiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar soni 2017 yilgi 2 mlndan ortiq kishidan 2021 yilga borib 2,5 million kishidan ortiqroqni tashkil etadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Turizm sohasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish vositasida aholi bandlik darajasini oshirishga erishiladi. Bu maqsadlar mehmonxonalar, sayyohlik firmalari va tashkilotlar sonini ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, 2021 yilga borib O‘zbekistonda 2017 yilgi 680 ta mehmonxonalar soni 1036taga yetkaziladi. Sayyohlik operatorlari soni 441tadan 565tagacha ortadi. 

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Turizm sohasida xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish bilan mahalliy va davlat byudjyetlari daromadi ortadi. Aholiga haq to‘lanuvchi turistik xizmatlar ko‘rsatish soni kengayadi, mehmonxonalarda qolish holatlari ko‘payadi. Buning natijasida 2021 yilda sayyohlik sohasida 2 mlrd 722 mln dollarga yaqin xizmatlar eksport qilinadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida shu haqda so‘z yuritilgan.

Top