22:06 / 25.02.2017
24749

Hafta voqealari suratlarda: National Geographic uchun O‘zbekiston manzarasi, hayot aniqlangan yangi sayyoralar

Dunyoning eng boy kishisi, mashhur biznesmen, amerikalik milliarder Bill Geyts Quartz nashriga bergan intervyusida ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinayotgan robotlarga ham soliq solish fikrini ilgari surdi. Uning ta'kidlashicha, robotlarga ham insonlarga solinayotganidek soliq solinishi kerak

Donald Tramp Iroq urushi qahramoni, ayni vaqtda 54 yoshda bo‘lgan general-leytenant Gerbert Reymond Makmasterni Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi etib tayinladi. U Rossiya elchisi bilan muloqoti ortidan yuzaga kelgan mojaro tufayli iste'fo bergan Maykl Flinning o‘rnini egalladi

Rosneft Iroq Kurdistoni hukumati bilan shartnoma imzoladi. Rossiya kompaniyasi Iroq Kurdistonidan 2019 yilgacha neft xarid qiladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, Rosneft va Liviyaning National Oil Corporation kompaniyasi o‘rtasida ham shartnoma imzolangan. Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, shartnomaga muvofiq 2020 yilgacha kunlik natijani sutkasi 2,1 mln barrelga yetkazishdir.

Yaponiyaning insayder resursi MacOtakara bergan ma'lumotga ko‘ra, Apple 2017 yilning mart oyida birdaniga 12,9, 10,5, 9,7 va 7,9 dyuymli yangi iPad qurilmalarini ishlab chiqaradi. 12,9  va 9,7 dyuymli modellar iPad Pro lineykasini to‘ldiradi. 10,5 diogananlli qurilma esa iPad mini o‘rniga keladi.

Samsung kompaniyasi mash'um Galaxy Note 7 smartfonlarini joriy yilda yana sotishni boshlamoqchi. Kompaniya ushbu mahsulotini Hindiston va Vetnam bozorlarida sota boshlaydi. Samsung smartfonning akkumulyatori batareyalari sig‘imini 3500 milliamperdan 3200 yoki 3000 Ma-soatgacha kamaytirgan

Tesla avtomobilsozlik kompaniyasi 22 fevralda 2016 yilning 4-choragi uchun moliyaviy hisobotni taqdim qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniya 121,3 mln dollar ziyon ko‘rgan. Bundan tashqari, Tesla 2017 yil sentabrda yangi modeli Model 3’ning seriyali ishlab chiqarilishini ma'lum qildi.

NASA olimlari matbuot konferensiyasida TRAPPIST-1 yulduzi yaqinida Yer hajmiga teng yana yetti sayyora mavjudligini ma'lum qilishdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ulardan uchtasida yashashga yaroqli sharoit mavjud. Bu uch sayyorada suv ham mavjudligi qayd qilingan.

Zamonaviy yosh kelin-kuyovlar o‘z to‘yida an'analardan chetlashgan holda, g‘arb uslubiga xos kiyimlar kiyishni afzal biladi. Biroq dunyoning ayrim hududlarida to‘y tantanalariga va azaliy qadriyatlarga katta e'tibor berib keladigan insonlar ham ko‘p uchraydi. Ayrim xalqlarning nikoh liboslari noodatiy, g‘ayritabiiy va bejirim ko‘rinishga ega bo‘lib, ular uchun ushbu liboslar "baxt, oila, sevgining abadiyligi"ni anglatadi. Marhamat, dunyoning eng antiqa va shu bilan birga chiroyli to‘y liboslari bilan tanishing

Mobile Photography Awards xalqaro tanlovi tashkilotchilari 2016 yil yakuni bo‘yicha mobil telefonda olingan eng yaxshi 100dan ortiq fotosuratni chop etishdi. Tanlovda suratlar 18 turdagi turli nominatsiya bo‘yicha aniqlandi. Ular orasida quyidagi suratlar o‘zining betakrorligi, nafisligi va noodatiyligi bilan ajralib turadi. Fotojamlanma.

Jahonga mashhur suratkash Jon Stenmayyer O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohat qilib, Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali bu yerlarda o‘zining diqqatini tortgan surat va videolar bilan bo‘lishib kelmoqda. Uning ma'lum qilishicha, hozir u National Geographic jurnali uchun O‘zbekiston haqida suratlar kolleksiyasini yaratmoqda. Uning yurtimizda muhrlagan suratlarini siz bilan bo‘lishishga qaror qildik

O‘tgan yil kuzida Moskvadagi konsulxona yaqinida joylashgan nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni so‘rab, shahar rahbariyatiga Rossiya va O‘zbekiston fan, siyosat va san'at arboblari murojaat qilgandi. 2016 yil 1 noyabr kuni Moskva hukumati prezidiumi Rossiya poytaxtining Yakimanka hududidagi xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. «Pisma o Tashkente» saytida Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobonning 2017 yil fevralida olingan fotolari chop etildi

Natsistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Hitlerga tegishli telefon AQShda bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosida 240 ming dollardan ortiqroq bahoda sotildi. Bu haqda Alexander Historical Auctions kim oshdi savdo uyi rasmiy vakili Andreas Kornfild ma'lum qildi

Argentinaning Punta Tombo yarimoroli sohillariga millionlab magellan pingvinlari suzib keldi, ularni bu yerga baliq uvuldiriqlaridan endi chiqqan mayda baliqlar jalb qildi. Mahalliy aholining aytishicha, bunday ko‘p sondagi pingvinlar oxirgi bir necha yil ichida magellan pingvinlari koloniyasi uchun rekord ko‘rsatkichdir.

Turkiya prezidentining rafiqasi Omina Erdo‘g‘an bir guruh suriyaliklar ayollarni kutib oldi. Uchrashuv Anqaradagi Prezidentlik majmuasida gumanitar tashkilotlar va qochqinlarga yordam berishga ixtisoslashgan tuzilmalar vakillari ishtirokida o‘tdi. Omina Erdo‘g‘an Turkiyaning muhojirlarga nisbatan siyosati hamda qochqinlar oilalaridan bo‘lgan ayollarni ishga joylash bo‘yicha sa'y-harakatlar haqida so‘zlab berdi.

Rossiya sudi Samara viloyati Sizran tumanida yashovchi yuqori mansabdor politsiyachi va uning oilasi qotilligi bo‘yicha jazo hukmini chiqardi. Ushbu ish bo‘yicha o‘tayotgan barcha sudlanuvchilar – Mahmadali Ahmadov, Roman Fataliyev, Islom Boboyev va Orxan Zoxrabov aybdor deb topildilar

Top