01:52 / 25.02.2017
70199

Internetda Yer aholisi qaysi davlatlardan ko‘proq qo‘rqishi tasvirlangan xarita paydo bo‘ldi

Reddit portalida loulan taxallusli foydalanuvchi sayyoramizning turli burchaklaridagi aholi qaysi davlatlardan ko‘proq qo‘rqishi tasvirlangan xaritani taqdim qildi. Bu xarita 2013 yilda 65 ta davlatda o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida yaratilgan.  

Aniqlanishicha, sayyoramizning aksariyat davlatlari aholisi AQShni eng tajovuzkor davlat deb hisoblaydilar. Xaritadan ko‘rinishicha, bunday fikrni Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstraliya, Braziliya, Argentina, Meksika, Indoneziya, Jazoir, JAR, Turkiya, Ispaniya va Yevropaning boshqa davlatlari, Janubiy Amerika, Osiyo va Afrika davlatlari aholisi bildirgan.

Eng tajovuzkor davlatlar orasida 2-o‘rinni  Eron egallagan, undan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Iroqda qo‘rqishadi. Shuningdek, xavfli davlatlar sifatida Pokiston, Isroil, Suriya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Somali ham aytilgan. Rossiyadan esa ko‘rinishicha, faqat Polshagina qo‘rqar ekan!   

Biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar bu xarita hozirgi voqeliklarga mos ravishda tuzatilishi kerak deb hisoblamoqdalar, chunki 4 yil ichida dunyoda Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lishi, Eron bilan yadroviy dastur tuzilishi, Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shilishi, Suriyadagi fuqarolik urushi, IShIDga qarshi katta ko‘lamli urush va Yevropaga muhojirlar oqimi kelishi kabi ko‘plab voqealar yuz berdi va bular ko‘pchilik odamlarning qarashlarini o‘zgartirgan.

Top