19:56 / 25.02.2017
9455

Tramp prezidentligining birinchi oyida AQSh davlat qarzi kamayganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda prezidentligining birinchi oyida AQSh davlat qarzi 12 mlrd dollarga kamayganini ma'lum qildi.

"OAV prezidentligimning birinchi oyi davlat qarzi Obamaning birinchi oyidagi 200 mlrd dollarga oshganiga qarshi 12 mlrd dollarga kamayganini ma'lum qilmadi", deb yozgan Tramp. 

AQSh moliya vazirligi saytining davlat qarzi bo‘limidagi ma'lumotlarga ko‘ra, qarzning miqdori haqiqatan ham Tramp aytgandek miqdorga kamaygan.  

Tramp 20 yanvarda lavozimini bajarishga kirishganda bu qarz 19,947 trln dollarni tashkil qilgandi. Bir oy o‘tib, 21 fevralda uning miqdori 19,935 trln dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa, AQSh davlat qarzi haqiqatan ham 12 mlrd dollarga, ya'ni taxminan 0,1 foizga kamaygan.

Mavzuga oid
Top