07:42 / 26.02.2017
14213

Berlinda futbol fanatlari ommaviy mushtlashuv sodir etdilar

"Gerta" va "Ayntraxt" nemis klublarining muxlislari 25 fevralda Germaniya poytaxti Berlinda Bundesliganing 22-turi oldidan ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi. Bu haqda B.Z. nemis nashri xabar bermoqda. 

Guvohlarning aytishicha, mushtlashuvda 50 dan 200 gacha odam ishtirok etgan. Ular bir-birlariga shisha idishlar va petardalar uloqtirganlar. Tartibsizliklar oqibatida o‘nga yaqin odam jarohat olgan.

Politsiya 40 ga yaqin bezorini qo‘lga olgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fanatlar mushtlashish uchun oldindan ataylab kelishib olgan bo‘lganlar.

Germaniyada haydovchi odamlarni ataylab bosib ketdi>>>

Top