22:43 / 26.02.2017
11537

Mavlud Chovusho‘g‘lu: Turkiyaning sabrini sinamaslikni maslahat beraman

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Kotziasning Turkiya nomiga aytgan so‘zlari Anqaraning salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning aytishicha, bu "tantiq"ning gaplari Turkiya va Gretsiya munosabatlariga putur yetkazmasligi kerak.   

"Turkiya va Gretsiya xalqlarida ko‘plab tutash nuqtalar bor. Turkiya aholisi grek orollariga tashrif buyuradi, greklar esa Turkiyaga keladilar. Bizning xalqlarda umumiylik ko‘p", deb aytdi Chovusho‘g‘lu va Anqara mintaqada harbiy qudratni namoyish qilishga intilmayotganini ta'kidlab o‘tdi. 

Uning aytishicha, Gretsiya Turkiya armiyasi kuchini va zarurat bo‘lganda turk askarlari nimaga qodirligini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi.

"O‘ylaymanki, bu haqiqatni "tantiq"qa ham yetkazib qo‘yish kerak. Turkiyaning sabrini sinamaslikni maslahat beraman" deb aytgan Chovusho‘g‘lu. 

Mavzuga oid
Top