23:30 / 26.02.2017
9023

"Oskar" olgan filmlarning yakuniy lavhalari bir videoga jamlandi

Room 237 taxallusli foydalanuvchi Vimeo videoservisida 1970 yildan bizning kunlargacha eng yaxshi film yo‘nalishida "Oskar" olgan 45 ta filmning yakuniy lavhalaridan iborat rolikni joylashtirdi. 

"Oy yorug‘i" filmiga bastalangan kuy jo‘rligida boruvchi rolikda "Diqqat markazida", "Byordmen", "Artist", "Qo‘zichoqlar sukuti", "Cho‘qintirgan ota", "Titanik", "Forrest Gamp", "Gladiator" va boshqa filmlarning yakuniy lavhalari namoyish qilingan.

AQSh kinoakademiyasi ta'sis etgan "Oskar" mukofotining 2017 yilgi taqdirlash marosimi 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi namoyish qilinadi.   

Mavzuga oid
Top