23:21 / 26.02.2017
20447

Rangli Nokia 3310 qurilmalari va byudjyet smartfonlar: MWC'ning eng kutilgan taqdimoti

Nokia brendi huquqiga egalik qiluvchi HDM Global kompaniyasi  afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangi avlodi, shuningdek Android'da ishlovchi ikki yangi byudjyet smartfon - Nokia 3 va 5'ni namoyish qildi.Hi-Tech nashri shu haqida xabar berdi.

Afsonaning qaytishi - Nokia 3310

Barcha kutgan taqdimot - afsonaviy Nokia 3310 qurilmasining "merosxo‘ri". Telefon xususityatlari oshkor etilmadi, lekin uning 22 soat muloqot rejimida ishlay olishi, ikkita sim-kartani qo‘llashi ma'lum qilindi. Qurilma tashqi ko‘rinishidan original variantidan ancha farq qiladi, dizayn nisbatan yoshlarbop. Uning yangi ranglari namoyish etildi: qora, olovrang, sariq va kulrang. Shuningdek unda mashhur "Iloncha" o‘yini bor!

Telefon sotuvlari 2017 yilning ikkinchi choragida boshlanadi.

Yangi Nokia 3310 narxi - 49 yevro.

Nokia 3 va 5

Android boshqaruv ostidagi yangi ixcham va hamyonbop smartfon. Telefon korpusi to‘rt xil rangdagi alyuminiy bo‘laklaridan ishlangan: qora, kumushrang, indigo va misrang. Displey ostida barmoq izlari skaneri mavjud.

Bahosi - 200 dollar.

Nokia 5 xususiyatlari:

Displey: 5,2 dyuym, HD, IPS;

Protsessor: Snapdragon 430;

Kamera: 13 Mp asosiy, f/2,0 va 8 Mp frontal, f/2,0;

Xotira: 2 Gb operativ va 16 Gb flesh-xotira, microSD xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi;

Akkumulyator: 3000 mAs;

O‘lchamlari: 149,7x72,5 x8,05 mm.

Nokia 3 xususiyatlari:

Displey: 5 dyuym, HD, IPS;

Protsessor: MTK 6737 - to‘rt yadro 1,3 GGts;

Kamera: 13 Mp asosiy, f/2,0 va 8 MP frontal, f/2,0;

Xotira: 2 Gb operativ va 16 Gb flesh-xotira, microSD xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi;

Akkumulyator: 2640 mAs;

O‘lchamlari: 143,4x71,4x8,48 mm.

Barcha telefonlar so‘nggi Android 7.1.1 Nougat versiyasida taqdim etiladi, ular ovozli Google Assistant va Google Photos'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek Nokia 6 qurilmasi sotuvlari ham e'lon qilindi. Kompaniya buning sharafiga telefonning yangi, shisha korpusli versiyasini namoyish etdi. Telefon narxi - 299 dollar.

Mavzuga oid
Top